date

Teo Ernandes "Milan"ga qaytishi mumkin


Teo Ernandesning rafiqasi Zoi Kristofoli futbolchining "Milan" klubiga qaytishi mumkinligi haqida ishora qilgan. Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqdagi postida maʼlum qilingan.

"Zoi goʻzal, bizga qayting, sizni sogʻindik", - deb yozgan "Milan" muxlislaridan biri uning sahifasida. Bu izohga Zoi Kristofoli uzoq kuttirmasdan javob yozdi: "Biz ham sizni sogʻindik.

Hozircha hammasi reja boʻyicha ketmayapti, ammo qaytamiz. Baʼzi joylar yurakda abadiy qoladi".

Eslatib oʻtamiz, Teo Ernandes 2019 yildan 2025 yilgacha "Milan" safida oʻynagan va 2022 yilda ushbu klub bilan Italiya chempionligini qoʻlga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Teo Ernandes "Milan"ga qaytishi mumkin