
Norvegiyalik hujumchi Erling Holand "Manchester Siti"ni tark etib, Madridning "Real" klubiga o'tishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Defensa Central nashrining ma'lumotlariga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Guardiola Holandning klubni tark etish istagidan norozi.
Yangi shartnomaga tovon puli bandini kiritish qarori sababli Guardiola klub rahbariyati bilan ham kelishmovchilikka borib qolgan. "Manchester Siti" Holandni 2022-yilda o'z safiga qo'shgan edi.
Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda qatnashib, 19 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. 25 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2034-yilgacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portalining baholariga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 180 million yevroni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar