
Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastidagi yurishi ikkinchi hafta oxiriga kelib sekinlashib qoldi. Rossiya qoʻmondonligi chegara yorib oʻtilgan yoʻnalishga zaxira kuchlarni olib kelgan, bu kuchlar ukrainlarning asosiy yoʻllar boʻylab harakatlarini toʻxtata olgan. Bunga javoban ukrain qoʻshinlari ularga qanotlardan hujum qilishga urinmoqda,
Ukraina qoʻmondonligi ham chegara orqali zaxira kuchlarni olib oʻtmoqda. Kursk frontiga hatto hozirga qadar frontortida dam olib, yurishga tayyorgarlik koʻrmagan, balki frontda jang qilib turgan ikki brigadadan ham boʻlinmalar yuborilgan. Ukrainalik fotograflar chegara hududda, Kursk oblastidagi jangovar topshiriqlarni bajarib qaytib kelgan ukrain harbiylarini suratga oldi.

Ukraina hududiga qaytgan harbiylar Kursk oblastidagi Lyubimovka qishlogʻida qoʻlga kiritilgan yoʻl belgisi bilan. Sumi oblasti, chegara hududi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Kursk oblastidan qaytib kelgan ukrainalik harbiy quroldoshining elkasiga bosh qoʻyib yigʻlamoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Kursk oblastida jangovar topshiriqni bajarib qaytgandan keyin «Strayker» zirhli avtomobilni koʻzdan kechirayotgan ekipaj
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Halok boʻlgan ukrain harbiysining otasi va qizi Sumi oblastida, chegara yaqinida ukrain harbiylariga tarvuz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqmoqda
George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA

Ukrainlarning harbiy tibbiyot avtomobili Sumi oblasti hududida, Rossiya bilan chegara yaqinida harakatlanmoqda
George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA

Rossiyadan qaytgan zirhli transportyor (BTR) ekipaji Sumi oblasti hududida
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari egallab olgan Sudja bugun qanday koʻrinishda? Ukrain armiyasi nazoratiga oʻtganidan keyin shaharda olingan ilk fotosuratlar
Sudja — Kursk oblastida Ukraina qurolli kuchlari nazorati ostiga oʻtgan eng yirik aholi yashash manzili. Harbiy harakatlar boshlanguniga qadar chegara yaqinidagi ushbu shaharchada besh ming kishi istiqomat qilgan. Ulardan koʻpchiligi ukrain qoʻshini shaharga kirishidan oldinroq Kursk shahriga va boshqa joylarga evakuatsiya qilishga ulgurgan. Ammo aholining kattagina qismi dushman qoʻliga oʻtgan shaharchada qolmoqda. Bugungi kunda Sudjada nimalar boʻlayotgani haqida tashqaridagi kuzatuvchilarda ma'lumot juda kam. 16 avgust kuni Ukraina qurolli kuchlari qoʻmondonligi shaharga ilk bor jurnalistlarni oʻtkazdi. «Meduza» xorijlik fotomuxbirlar tomonidan e'lon qilingan eng muhim kadrlarni keltirdi.

Rossiya-Ukraina chegarasidagi «Sudja» koʻptomonlama avtomobil oʻtkazish punktining (MAPP) yarim vayrona holdagi binosi. Ushbu punkt Ukraina yurishidagi birinchi nishonlardan biri boʻlgan va amaliyotning ilk kunidayoq Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga oʻtgan. The New York Times jurnalistlari «Sudja»dagi janglarni quyidagicha tasvirlaydi: «Chegaraning bu uchastkasida rossiyalik chegarachilar va muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar gʻaflatda qolgani belgilari bor — oyoqlar ostida gilzalar, asfaltda tashlab yuborilgan zirhli nimchalar, binolar polida qon dogʻlari va sochilib yotgan bintlarni koʻrish mumkin. Jurnalistlar chegaradagi oʻtkazish punktiga etib kelganida ukrain harbiylari xarobalar ostidan chiqarilgan rossiyalik askarlarning jasadlarini qoplarga solib qoʻygandi»
Yan Dobronosov / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainalik harbiy Sudjadagi «Pyaterochka» doʻkoni oldida selfi olmoqda. Bu ukrainalik harbiylar shahardagi mazkur savdo tarmogʻi nuqtalaridan biri oldida tushgan navbatdagi kadr. Kursk oblastidagi janglarning ilk kunidayoq «Pyaterochka» oldidagi fotosurat Ukraina qurolli kuchlari mazkur shaharga kirganining ilk dalillaridan biriga aylangandi. Oʻshanda tasvir shahar chekkasidagi Butenko koʻchasida joylashgan doʻkon oldida olingani taxmin qilingan.
Libkos / Instagram

Sudja va uning atrofidagi hududlarda Ukraina qurolli kuchlari RF qurolli kuchlarining koʻplab harbiy xizmatchilarini asir olgan. Ukraina qoʻmondonligiga koʻra, 14 avgust kunining oʻzida Kiev almashuv fondini 102 nafar rossiyalik harbiy bilan toʻldirgan, ulardan bir qismi muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlardir. Financial Times ma'lumotiga koʻra, almashuv boʻyicha muzokaralar allaqachon boshlangan
Libkos / Instagram

«Sudja» chegara nazorat-oʻtkazish punkti yonida shu nomdagi gaz oʻlchash stantsiyasi (GIS) — Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastida egallab olgan muhim infratuzilma ob'ektlaridan biri. Quvurning Sudja orqali oʻtuvchi qismi hozirgacha Rossiya gazini Ukraina orqali evropalik mijozlarga etkazib beradi. Lekin eksport toʻxtovsiz davom etishiga Kursk oblastidagi harbiy harakatlar ham ta'sir koʻrsatmadi. 16 avgust kuni olingan fotoda stantsiya jiddiy shikastlanganini ham koʻrish mumkin.
AP / Scanpix / LETA

Besh ming kishilik shaharcha aholisining katta qismi evakuatsiya qilingan, ammo Sudjada baribir yuzga yaqin odamlar qolmoqda. 16 avgustda olingan mazkur kadrda — boshpanaga aylantirilgan ertoʻlaga kirish qismida oʻtirgan mahalliy aholi vakillari aks etgan
AP / Scanpix / LETA

Ertoʻladagi boshpana shunday koʻrinishda
AP / Scanpix / LETA

Oʻz uylarida qolishni afzal koʻrgan sudjaliklar devorlarga yirik harflar bilan quyidagicha yozuvlarni yozib qoʻygan: «Bu erda tirik odamlar bor». Ushbu surat muallifiga koʻra, bu uyda bir yoshli chaqalogʻi bor oila yashaydi
Yan Dobronosov / AFP / Scanpix / LETA

Vladimir Leninning shikastlangan haykali. Fotosuratda koʻrish mumkinki, monument va uning ortidagi bino artilleriya zarbalaridan jiddiy shikastlangan. Bu yodgorlik shaharning qoq markazida, mahalliy ma'muriyat binosi yonida, Ikkinchi jahon urushiga oid yodgorliklar va boshqa ob'ektlar qatorida turgan
Yan Dobronosov / AFP / Scanpix / LETA

RF qurolli kuchlarining Sudja atrofida yonib ketgan zirhli texnikalari. Ukraina yurishining ilk kunlarida Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuchlari zarbalari oqibatida koʻplab texnikalaridan ayrilgan
Yan Dobronosov / AFP / Scanpix / LETA “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!