date

Levandovski "Barselona"da xet-trik qayd etdi

Levandovski "Barselona"da xet-trik qayd etdi
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski “Selta”ga qarshi o‘yinda xet-trik muallifi bo‘ldi. Polshalik futbolchi dastlab tanaffusgacha ikki bora raqib darvozasini ishg‘ol qildi, so‘ngra 73-daqiqada uchinchi golini urib, hisobni 4:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Ushbu xet-trik Levandovski uchun bir yil ichidagi birinchi bo‘ldi. Bu natijani u so‘nggi marta 2024 yilning oktabrida qayd etgan edi.

Endilikda tajribali 37 yoshli hujumchining joriy mavsumdagi hisobida 12 o‘yinda 7 ta gol mavjud. Agar “Barselona” “Selta” ustidan g‘alabani saqlab qolsa, u turnir jadvalidagi peshqadam “Real Madrid” bilan farqni uch ochkoga qisqartiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Levandovski "Barselona"da xet-trik qayd etdi