Telegram orqali 1 milliard so‘m o‘g‘irlaganlar ushlandi

1 daqiqa o'qish713
Telegram orqali 1 milliard so‘m o‘g‘irlaganlar ushlandi

Toshkent viloyatida internet orqali yuzlab fuqarolarni aldagan kiberguruh fosh etildi, deb xabar berdi Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Telegram” va “Instagram” orqali “limitlash xizmati” taklif qilgan to‘rt nafar shaxs jami 600 ga yaqin fuqaroning 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ini o‘zlashtirgan.

2005 yilda tug‘ilgan B.N. va uning sheriklari mikromoliya tashkilotlaridan olingan kredit limitlarini “naqd qilib berish”ni va’da qilgan. Ular fuqarolarning ishonchidan foydalanib, o‘zlari tashkil etgan firma orqali onlayn savdo platformalarida operatsiyalar amalga oshirgan va mablag‘larni shaxsiy foydasiga yo‘naltirgan.

Tezkor choralar natijasida guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchilar qamoqqa olingan, tergov jarayonida zararni qoplash va boshqa ishtirokchilarni aniqlash ishlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?