
Qozog‘istonning Atirau xalqaro aeroportida 8-noyabr kuni yuz bergan noodatiy holat sababli parvozlar vaqtincha to‘xtatildi. Aeroportda bir yo‘lovchi qo‘l yukida “bomba bor”, deb hazillashgan.
Aeroport xodimlari darhol xavfsizlik choralarini kuchaytirib, yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishgan va butun hududni o‘rab olishgan. Favqulodda xizmatlar — politsiya, pirotexniklar va qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib kelib, yuklarni tekshirgan.
Tekshiruv natijasida tahdid yolg‘onligi aniqlangach, aeroport ishini davom ettirgan. Hech kim jarohat olmagan. Biroq, hodisa sababli bir necha reyslarning parvozi kechiktirilgan.
Transport politsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (terrorchilik harakati haqida bila turib yolg‘on xabar berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Aeroportda faoliyat odatiy holatga qaytdi. Qurbonlar yoki jabrlanganlar yo‘q. Tergov davom etayotgani sababli boshqa tafsilotlar hozircha oshkor qilinmaydi”, – deyiladi politsiya bayonotida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!