
A Seriyada yana bir murabbiy isteʼfosi kutilmoqda. Mashhur jurnalist Nikolo Skiraning xabariga koʻra, "Atalanta" klubi bosh murabbiy Ivan Yurichni lavozimidan ozod etishga qaror qilgan.
Klub rahbariyati allaqachon yangi nomzodlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Asosiy daʼvogar sifatida Raffaele Palladino koʻrilmoqda, u klubga dastlabki roziligini bildirgan.
Shuningdek, roʻyxatda yaqinda "Al-Sadd" klubining yirik taklifini rad etgan Roberto Manchini ham bor. Yakshanba kuni "Atalanta" oʻz maydonida "Sassuolo"dan yirik hisobda – 0:3 magʻlubiyatga uchradi.
Jamoa ayni paytda 11 turdan soʻng 13 ochko toʻplab, A Seriya turnir jadvalida 13-oʻrinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing