
Londonning "Chelsi" klubi yanvar oyida transfer bozorida faol bo'lishi ehtimoldan yiroq. Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "ko'klar" markaziy himoyachilar borasida hech qanday muzokaralar olib bormayapti.
Manbalarga ko'ra, klub hozirgi tarkibdan mamnun va yangi transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Ammo baribir bozor vaziyatini kuzatishda davom etadi.
Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida "Chelsi" uchinchi o'rinda bormoqda. Enso Mareska boshchiligidagi jamoa 11 turdan so'ng 20 ochko to'plagan.
Xalqaro tanaffusdan oldingi so'nggi o'yinda londonliklar o'z maydonida "Vulverhempton"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.