Foto: Getty Images
Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li Marius Borg Xyoybi sud taqiqini buzgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Sud qarori unga o‘zi hujum qilgan sobiq sevgilisiga yaqinlashishni taqiqlaydi, deb yozadi Bild.
«Politsiya Xyoybi bir necha bor mazkur ish doirasida jabrlanuvchi bo‘lgan ayol bilan aloqaga kirishga uringani to‘g‘risida ma’lumot oldi. Shu boisdan politsiya uning xatti-harakati ustidan shikoyat kiritgan. Jinoyat sodir etilish xavfi takrorlanishi mumkinligi sabab uni hibsga olish bo‘yicha qaror qabul qilindi», — deydi prokuror Andreas Krushevski.
Norvegiya valiahd malikasining advokati Eyvind Bratlenning ma’lum qilishicha, uning mijozi rostdan ham hibsga olingan. Bunga u 7 sentyabr kuni maxfiy raqamdan foydalangan holda telefon orqali jabrlanuvchi bilan gaplashishga uringani sabab bo‘lgan.
«Mijozim buni rad etib, o‘z aybiga iqror bo‘lmayapti. Jinoyat ishlari bo‘yicha 17 yillik faoliyatim davomida bunday tuturuqsiz yuridik asos bilan hibsga olinish holatiga duch kelgan emasman», — deya qo‘shimcha qiladi Bratlen.
Avvalroq qirollik oilasining vakili bo‘lgan Xyoybi sobiq sevgilisini kaltaklagani uchun qo‘lga olingan edi. 4 avgust kuni Marius qizning kvartirasida janjal ko‘targan. E’lon qilingan suratlarda shiftdan ko‘chirib olingan qandil va devorga suqilgan pichoqni ko‘rish mumkin edi. Shundan keyin u qo‘lga olingan, biroq oradan bir kun o‘tib qo‘yib yuborilgan edi. Xyoybi yengil tan jarohati yetkazishda ayblanmoqda. Ammo u alkogol va kokain ta’sirida bo‘lganini hamda ruhiy buzilishdan aziyat chekishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi