James Maddison 375 kunlik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdi

1 daqiqa o'qish166
James Maddison 375 kunlik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdi

Tottenxem yarim himoyachisi James Maddison uzoq davom etgan jarohatdan so‘ng katta futbolga qaytdi. Angliya terma jamoasi a’zosi 375 kunlik tanaffusdan so‘ng, dushanba kuni Lidsga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan bahsda maydonga tushdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Maddisonning aytishicha, uning tiklanish jarayoni dastlabki noto‘g‘ri tashxis tufayli qiyin kechgan. 2025-yil may oyida Yevropa ligasi yarim finalida Bodo/Glimtga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgan futbolchiga avvaliga jarrohlik amaliyoti kerak emasligi aytilgan edi. Biroq, keyinchalik reabilitatsiya samara bermagach, Janubiy Koreyada murakkab operatsiyani boshdan kechirishiga to‘g‘ri keldi.

Futbolchi bu davrni o‘z faoliyatidagi eng og‘ir pallalardan biri deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jismoniy tiklanishdan ko‘ra, ruhiy tushkunlikni yengib o‘tish ancha qiyin bo‘lgan. Shunga qaramay, Maddison hozirda o‘zini jismonan juda yaxshi his qilayotganini va maydonga qaytganidan xursandligini ta’kidladi.

Tottenxem muxlislari o‘z yetakchisini stadionda juda iliq kutib olishdi. Jamoaning hozirgi qiyin holatiga qaramay, Maddisonning safga qaytishi klub uchun muhim voqea bo‘ldi. U endilikda jamoaga yordam berish va o‘z formasini tiklashga e’tibor qaratmoqchi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?