Threads platformasida Meta AI funksiyasi sinovdan oʻtkazilmoqda

1 daqiqa o'qish208
Threads platformasida Meta AI funksiyasi sinovdan oʻtkazilmoqda

Threads ijtimoiy tarmogʻi X platformasidagi Grok tizimiga oʻxshash yangi Meta AI integratsiyasini sinovdan oʻtkazishni boshladi. Endilikda ochiq akkauntga ega foydalanuvchilar post yoki izohlarda Meta AIʼni belgilab, maʼlum bir mavzu boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olishlari mumkin. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Hozirgi vaqtda ushbu funksiya Malayziya, Saudiya Arabistoni, Meksika, Argentina va Singapurda beta-test rejimida ishlamoqda. Meta kompaniyasining taʼkidlashicha, yangilik foydalanuvchilarga trenddagi voqealar va yangiliklar boʻyicha real vaqt rejimida maʼlumot olish hamda tavsiyalar soʻrash imkonini beradi.

Foydalanuvchilar @meta.ai akkauntini belgilab, turli savollar berishlari mumkin va sunʼiy intellekt post yozilgan tilda javob qaytaradi. Bu orqali Threads shunchaki muloqot maydoni emas, balki axborot olish va tavsiyalar markaziga aylanishni maqsad qilgan.

Grok tizimidagi kabi bu funksiyaning ham xavfsizlik masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Meta kompaniyasi sunʼiy intellekt javoblarini cheklash yoki ularni yashirish imkoniyatini ham taqdim etgan. Kompaniya dastlabki fikr-mulohazalarni oʻrganib, funksiyani yanada takomillashtirishni rejalashtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?