Robert Lewandowski Barselonani tark etishi mumkinmi?

1 daqiqa o'qish169
Robert Lewandowski Barselonani tark etishi mumkinmi?

Barselona hujumchisi Robert Lewandowski atrofidagi transfer mish-mishlari tobora kuchaymoqda. Sky xabariga ko‘ra, Portugaliyaning Portu klubi 37 yoshli polshalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmagan bo‘lsa-da, Portugaliya grandi tajribali futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Lewandowskining Barselona bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Tomonlar hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini istisno etishmayapti, biroq futbolchining klubdan ketish ehtimoli yuqori baholanmoqda. Unga Yuventus va Milan kabi Italiya klublari, shuningdek, MLS va Saudiya Arabistoni jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Hujumchining o‘zi kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelmaganini ta’kidladi. U o‘z oilasi uchun eng maqbul variantni tanlashini aytib o‘tdi. Eleven Sports telekanaliga bergan intervyusida esa, u faoliyatining keyingi bosqichida "kichikroq chempionat"da o‘ynash imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotganini yashirmadi.

Hansi Flick qo‘l ostida Robert Lewandowski asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lib qolmoqda. U joriy mavsumda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Garchi ba'zida zaxiradan maydonga tushsa-da, uning statistikasi hamon yuqori darajada qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?