
Foto: AFP / Scanpix
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar shartlarini muhokama qilishga va urushni tugatishga tayyor, deb xabar berdi Bloomberg 8 oktyabr, seshanba kuni Ukraina prezidenti va Gʻarb davlatlari rahbarlari oʻrtasidagi muzokaralar borishi bilan tanish boʻlgan rasmiylarga tayanib.
Omma oldida Zelenskiy hali ham Rossiya qoʻshinlarini Ukrainadan toʻliq olib chiqib ketishni talab qilmoqda va bosib olingan hududlar boʻyicha muzokaralarni rad etyapti, biroq Ukraina rasmiylari urushni toʻxtatish va «koʻproq moslashuvchan» pozitsiyani egallash zarurligini qabul qilishga tayyor ekanliklarini ochiq aytishdi. Bu haqda agentlikka NATOga yaqin suhbatdoshlari ma'lum qildi.
Zelenskiyning sentyabr oyida taklif qilgan «gʻalaba rejasi» Vashingtonda sovuq kutib olindi, dedi ulardan biri va Gʻarb ittifoqchilari Kievga yanada aniqroq stsenariyni taqdim etishi uchun bosimni oshirdi. Frontdagi vaziyat, moliyalashtirish bilan bogʻliq qiyinchiliklar va AQShda boʻlajak prezidentlik saylovlari Ukraina ittifoqchilarini «mojaroni muzokaralar yoʻli bilan tugatish imkoniyatini diqqat bilan koʻrib chiqishga» undamoqda, deb ta'kidlaydi Bloomberg.
Zelenskiyning «Gʻalaba rejasi»
Zelenskiyning «gʻalaba rejasi» asosiy bandlaridan biri Ukraina uchun NATOga qoʻshilish paytida oʻzaro mudofaa shartnomasiga oʻxshash xavfsizlik kafolatlarini oʻz ichiga oladi. Ammo Bloomberg suhbatdoshlaridan biri ta'kidlaganidek, ishonchli ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlari, ayniqsa Qoʻshma Shtatlardan, aslida Ukrainaning alyansga a'zo boʻlishini anglatadi. Rossiya Ukrainaning NATOga a'zo boʻlishini imkonsiz deb hisoblagani uchun barcha tomonlarni muzokaralar stoliga qanday formula olib kelishi noma'lum, deydi manba.
Rasmiy ravishda Ukraina Zelenskiy taklif qilgan «tinchlik formulasi»ni amalga oshirishni talab qilmoqda, bu 1991 yilgi chegaralarga qaytish va rus qoʻshinlarini bosib olingan hududlardan olib chiqib ketilishini oʻz ichiga oladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyun oʻrtalarida mojaroga barham berish rejasini taqdim etdi. Unda Ukrainaning egallab olingan barcha mintaqalaridan, jumladan, Qrim, Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson oblastlaridan Ukraina qoʻshinlarini olib chiqib ketish, Kiev tomonidan bu hududlar ustidan nazoratni yoʻqotganligini tan olish, Ukrainaning NATOga a'zo boʻlishdan bosh tortishi, mamlakatning yadro qurolidan xoli boʻlishini ta'minlash, shuningdek, Gʻarbning Rossiyaga nisbatan sanktsiyalarini bekor qilish bor. Kiev bu rejani qabul qilib boʻlmas deb baholab, darhol rad etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar