Vinisius APLning top klublariga o'tishi mumkin

So'nggi kunlarda Vinisius Juniorning kelajagi borasida ko'plab mish-mishlar tarqalmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi va Real Madrid bosh murabbiyi Xabi Alonso o'rtasidagi yomon munosabatlar sababli Vinisius klubni tark etishi mumkin.
Bundan tashqari, Madrid klubi 2026-yilda futbolchini sotish ehtimolini ko'rib chiqmoqda, chunki shartnoma uzaytirilmasa, bir yil o'tib u erkin agentga aylanadi. The Sun gazetasining xabar berishicha, agar Vinisius "Real"ni tark etsa, Angliya Premer-ligasining "katta oltitaligi" vakillari – "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" futbolchini qo'lga kiritish uchun kurash olib boradi.
25 yoshli Vinisiusning transfer narxi Transfermarkt portaliga ko'ra, 150 million yevroga baholanmoqda.