date

Spalletti rasmiy ravishda "Yuventus" bosh murabbiyi bo‘ladi


"Yuventus" klubi yaqin soatlar ichida Luciano Spallettini bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganligini rasman eʼlon qiladi. Turin klubi 66 yoshli mutaxassis bilan kelishuvga erishdi va bugun shartnoma rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Murabbiy bilan tuzilgan kelishuv mavsum oxirigacha amal qiladi, biroq agar jamoa Chempionlar ligasiga yo‘l olsa, shartnoma 2027 yil yozigacha uzaytirilishi mumkin. Spalletti ilk mashg‘ulotini payshanba kuni o‘tkazadi.

Uning boshchiligidagi "Yuventus" ilk uchrashuvini shanba kuni "Kremoneze"ga qarshi o‘tkazadi. Avvalgi bosh murabbiy Igor Tudor yaqinda jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab isteʼfoga chiqarilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Spalletti rasmiy ravishda "Yuventus" bosh murabbiyi bo‘ladi