
Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida XX asr boshlariga oid Faberge kompaniyasining noyob yuvelir asari — Rotshild tuxum soati restavratsiyadan so‘ng qayta namoyish etiladi. Loyiha Samsung bilan hamkorlikdagi “Zamonlar aloqasi — texnologiyalar aloqasi” dasturi doirasida amalga oshirildi.
1902 yilda usta Mixail Perxin tomonidan yaratilgan ushbu soat nafaqat badiiy jihatdan, balki texnik murakkabligi bilan ham ajralib turadi. Uning mexanizmida kichik sayroqi qushcha, soat organi va pushti rangli shaffof emal mavjud. Restavratsiyadan keyin qush yana sayraydi, tumshug‘ini ochadi, dumini qimirlatadi va naychalar orqali musiqiy tovushlar chiqaradi. Endi eksponat Ermitajning Bosh shtab binosidagi Karl Faberje zaliga joylashtiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar