Rossiyada benzin narxi nega yana oshib bormoqda?

1 daqiqa o'qish337
Rossiyada benzin narxi nega yana oshib bormoqda?

Rossiyaning bir qator hududlarida benzin narxi keskin oshmoqda, deb xabar berdi [56orb.ru].

Orenburg viloyatida yonilg‘i quyish shoxobchalarida narxlar har haftada deyarli o‘zgarib, ayrim hollarda yuqori sur’atda o‘smoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 20 oktyabr holatiga AI-95 turidagi benzinning bir litri 64,15 rublga yetgan — bu bir haftada 30 kopeykaga ko‘p. Shuningdek, AI-98 turi 84,47 rublgacha qimmatlagan.

Mutaxassislar bu tendensiyani bir nechta omillar bilan izohlashmoqda. Birinchi sabab — neftni qayta ishlash zavodlaridagi texnik nosozliklar tufayli ishlab chiqarish hajmining qisqarishi. Yanvar–avgust oylarida zavodlarda rejali va rejadan tashqari to‘xtashlar oqibatida benzin ishlab chiqarish 123,6 ming tonnaga nisbatan 102,2 ming tonnaga tushgan.

Rossiyada benzin narxi nega yana oshib bormoqda?

Ikkinchi omil — logistika muammolari. Temiryo‘l harakatidagi tanqislik va tashish tartibidagi o‘zgarishlar sabab, ayniqsa Uzoq Sharqqa yonilg‘i yetkazib berish sezilarli darajada kamaygan.

Bunday vaziyat talab va narxga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ko‘pgina fuqarolar pulni tejash maqsadida benzinni kanistrlarga litrlab olishga o‘tgani ortidan sun’iy talab yuzaga kelgani ta’kidlanmoqda.

Bundan tashqari, kuzgi qishloq xo‘jaligi ishlari va isitish mavsumi boshlanishi ham bozordagi bosimni oshirgan. Birjada esa avgustdan beri benzin narxi 12 foizga qimmatlagan.

Ayrim yonilg‘i shoxobchalari narxlarni barqaror ushlab turolmayotgani bois faoliyatini to‘xtatgan — iyuldan sentyabrgacha ularning soni 2,6 foizga qisqargan.

Mutaxassislar fikricha, Rossiya Xitoy, Singapur va Janubiy Koreyadan yonilg‘i importiga bojlarni bekor qilish orqali vaziyatni yengillatishi mumkin. Biroq, neft zavodlari va logistika tizimini modernizatsiya qilmasdan, bunday inqirozlar kelgusida yana takrorlanishi ehtimoldan xoli emas.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?