16:17 / 26.10.2024
26

Olimlar oddiy infeksiyalar miya uchun xavfli ekanini aniqladi

Olimlar oddiy infeksiyalar miya uchun xavfli ekanini aniqladi
Olimlarning so‘nggi tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, gripp kabi keng tarqalgan infeksiyalar va keksalik davrida demensiya (aqli zaiflik) rivojlanishi xavfi o‘rtasida potensial uzoq muddatli bog‘liqlik mavjud.

Nature Aging jurnalida natijalari chop etilgan tadqiqot davomida olimlar turli infeksiyalar, jumladan, gripp, respirator va teri infeksiyalarini o‘rganib, bunday kasalliklar o‘nlab yillar o‘tgach, aqli zaiflik xavfini oshirishi mumkinligini aniqladi. Mualliflar buni infeksiyalar o‘tkir yallig‘lanish reaksiyalarini keltirib chiqarishi yoki organizmning immunitet tizimini o‘zgartirishi bilan izohladi. Bularning barchasi vaqt o‘tishi bilan miya va asab tizimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tadqiqotda 15 xil turdagi infeksiya o‘rganildi va shundan oltitasi miya hajmining kichrayishi bilan bog‘liqligi aniqlandi. Bu esa kognitiv buzilishlar hamda demensiya rivojlanishining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Infeksiyalar va miya salomatligi o‘rtasida bunday aloqa gripp kabi kasalliklar sog‘aygandan ko‘p yillar o‘tsa ham nevrologik funksiyalarga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini anglatadi.

Milliy keksayish instituti tadqiqotchisi Kinan Uoker infeksiyalar va demensiya xavfi o‘rtasidagi aloqa birorta muayyan infeksiya turiga bog‘liq emasligini aytdi. U infeksiyadan keyin tezkor parvarishlash hamda emlash kabi profilaktika choralarining ahamiyatini ta’kidladi, chunki bular uzoq muddatli oqibatlarni yumshatishga yordam berishi mumkin.

Ilmiy tadqiqotlarning qo‘shimcha natijalari demensiya xavfiga faqat infeksiyalar emas, balki keng ko‘lamli omillar ta’sir ko‘rsatishi haqidagi g‘oyani tasdiqlaydi. The Lancet jurnalida e’lon qilingan hisobotda butun dunyo bo‘ylab demensiya holatlarining 45 foiziga hissa qo‘shadigan 14 ta omil ko‘rsatilgan. Bu omillar orasida ta’lim darajasi, eshitish va ko‘rish qobiliyatining pasayishi, jismoniy faollikning yetishmasligi, shuningdek, chekish va spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish kabi turmush tarzi omillari mavjud. Ushbu hisobot demensiyaning oldini olish uchun turmush tarzini o‘zgartirish va tibbiy aralashuvlarni o‘z ichiga olgan yaxlit yondashuv zarurligini ta’kidlaydi.

Infeksiyalar va kognitiv qobiliyatlarning pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadigan tadqiqotlar soni ortib borayotgani demensiyaning oldini olish qanchalik murakkabligini ko‘rsatmoqda. Gripp kabi infeksiyalar uzoq muddatli xavf tug‘dirsa-da, hayot tarzi va sog‘liqqa oid kengroq omillar umumiy xavfni belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Bu esa kasallikning oldini olish uchun butun umr davomida sog‘liqni faol nazorat qilish zarurligini tasdiqlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar oddiy infeksiyalar miya uchun xavfli ekanini aniqladi