Ijtimoiy me’yorlar va odatlar bizning xaridlarimizga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Brendlar assortimentini doimiy yangilab turish uchun mavsumiy kiyimlar kolleksiyasi va aksessuarlarni taklif qilib boradi, bugun kirgan do‘konimiz esa bir haftadan so‘ng tanib bo‘lmas darajada kiyimlarga to‘lib ketadi. Shu tariqa insonlarning garderobi har mavsum, har yili o‘zgarib boradi.
Foto: Youth Incorporated Magazine
Ammo ba’zi milliarder insonlarning tashqi qiyofasiga diqqat qilsangiz, ular moda orqasida quvmaydi. Masalan, Stiv Jobs, Mark Sukerberg kabilar boshqalardan ajralib turadigan liboslarni tanlamaydi. Boshqa tomondan, hashamatli hayot tarzini reklama qiluvchi blogerlar doimo qimmatbaho brend kiyimlarida namoyon bo‘ladi va eng nufuzli joylarda tushgan fotosuratlarini tarmoqlarga joylaydi. Buning sababi nimada?
Badavlat insonlar har doim ham oddiylikka intilmagan
XX asrning o‘rtalariga qadar elita insonlar doimo oddiy xalqdan tashqi ko‘rinishda ajralib turishi odatiy hol bo‘lgan. O‘ziga to‘q insonlar qimmatbaho matolardan tikilgan hashamatli kiyimlar, nafis zargarlik buyumlari va yaxshi turmush darajasi bilan ajralib turishi shart edi. Bu odat jamiyatning moliyaviy jihatdan tabaqalanish davri tugagunga qadar davom etdi.
Ongli ravishda iste’mol qilish
Stiv Jobs
Foto: Lady.mail.ru
Faqatgina XXI asrga kelib badavlat shaxslar, jumladan, milliarderlar va yirik kompaniya egalari o‘rtasida oddiylik va ekologik jihatdan isrof qilmaslik odati paydo bo‘ldi. Oddiy matolardan tikilgan kiyimlar kiyish, ortiqcha bezaklardan qochish va mahsulotlarni ongli ravishda iste’mol qilish trendi tarqala boshladi. Shu tariqa yuqori mavqega ega bo‘lgan odamlar atrof-muhitga kamroq zarar yetkazish haqida qayg‘ura boshladi. Bu esa ortiqcha materializmdan xalos bo‘lishni anglatar edi
Inqiroz
Mark Sukerberg
Foto: Lady.mail.ru
Badavlat odamlarning bunday uslubini baholagan zamonaviy moda tadqiqotchilari fikriga ko‘ra, bunga ularning oddiy aholi qatlamiga yanada yaqinroq bo‘lish istagi ustunlik qilgan. Iqtisodiy jihatdan murakkab inqirozni boshidan kechirayotgan bir paytda, insonlar oldida hashamatli liboslarini ko‘z-ko‘z qilish va o‘z ustunligini ko‘rsatishga harakatlari beodoblik bo‘lar edi.
Minimalizm
Pavel Durov
Foto: Lady.mail.ru
Boy kishilarning sodda kiyinishga asosiy sabablardan biri bu minimalizm bo‘lib, u ortiqcha narsalarni chetlab o‘tishga va asosiy jihatlarga e’tibor qaratishga yordam berdi. Agar ilgari ko‘chaga chiqishdan avval eng yorqin va jozibali liboslarni kiyish muhim bo‘lgan bo‘lsa, hozirda atrofdagilar e’tiborini chalg‘itmaydigan kiyimlarga urg‘u berilgan.
Vaqtni tejash
Ba’zi moda mutaxassislarining fikricha, badavlat odamlarning oddiy ko‘rinishiga sabab vaqtni tejash va libos haqida ko‘p bosh qotirishga vaqtning yetishmasligidadir. Mantiqan olib qarasak, bu fikr haqiqatga yaqinroq, chunki buyuk insonlar qimmatli daqiqalarini kiyim tanlashga emas, balki yangi loyihalar ustida ishlash va yana bir milliard daromad olishga sarflaydi.
Foto: Medium
Bu borada mashhur Stiv Jobsni yana bir bor eslash kifoya. U taqdimot, konferensiya va boshqa tadbirlarda doim qora vodolazka, ko‘k jinsi va aylana ko‘zoynaklarda paydo bo‘lar edi. Albatta, Jobs bir xil kiyim kiyganligi uchun muvaffaqiyatga erishmagan, biroq bu orqali juda band odamning muammolari bittaga kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi