Kecha, 25-sentyabr kuni soat 13:51 da poytaxtning Chilonzor tumani, Beshqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan shaxsiy turar-joy hududida yong‘in chiqqanligi haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushdi.
Tezkor ravishda yong‘in-qutqaruv guruhlari joyiga yo‘l oldi va soat 13:54 da voqea joyiga yetib borishdi. Hodisa joyida olib borilgan harakatlar natijasida yong‘in soat 14:12 da qurshab olindi, 14:30 da esa butunlay o‘chirildi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari butun jarayonni o‘z nazorati ostida olib bordi. Hodisa ortidan tan jarohati olganlar yoki halok bo‘lganlar haqida hech qanday ma’lumot qayd etilmadi.
Boshqarmaga ko‘ra, yong‘in kelib chiqish sabablari bo‘yicha tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!