Foto: Reuters
AQSHdagi prezidentlik saylovlari va unda respublikachi Donald Tramp yetakchilik qilayotgani fonida bitkoin narxi 9,31 foizga oshib, 74 352 dollarga yetdi. Ma’lumotlar Binance birjasida e’lon qilindi.
Oxirgi marta bitkoin narxi 2024 yil 14 martda tarixiy maksimumni o‘rnatgan va 73,777 ming dollarga ko‘tarilgandi. Bitkoin kursi Amerika saylovlari kuni yaqinlashgani sari o‘sib bordi. Bunga Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘zining saylovoldi nutqida kriptobiznesni qo‘llab-quvvatlagani sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. May oyida Tramp jamoasi rasman kriptovalyuta orqali saylovoldi kampaniyasi uchun xayriyalarni qabul qila boshladi.
Bitkoin ham Trampning reklama kampaniyasining bir qismiga aylandi. Sentyabr oyida siyosatchi Nyu Yorkdagi barda tarafdorlariga bitkoinda burgerlar sotib oldi.
31 oktyabr kuni Tramp bitkoin foydalanuvchilarini kriptovalyuta konsepsiyasini tavsiflovchi texnik hujjat birinchi marta e’lon qilinganining 16 yilligi bilan tabrikladi. Trampning maslahatchisi Devid Beyli esa kriptovalyutalar haqidagi eng qadimgi onlayn nashrlardan biri — Bitcoin Magazine'ning egasi va bosh muharriri hisoblanadi.
Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris o‘zining saylovoldi kampaniyasida kriptovalyuta bozorini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratmagan va bu mavzuga yuzaki to‘xtalib o‘tgan. Hozirgi administratsiyaning kriptovalyuta hamjamiyatidagi harakatlari AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi tomonidan ko‘plab sanksiyalar va sud da’volari tufayli salbiy qabul qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi