Tramp yana shov-shuv markazida: Hormuz nomi o‘zgaradimi?
[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2026-04/1da7ed71d4_untitled-design-2026-04-30t122807_975.webp[/im
AQSH prezidenti Donald Tramp yana bir bahsli tashabbus bilan kun tartibiga chiqdi. U Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Hormuz bo‘g‘ozi “Tramp bo‘g‘ozi” deb nomlangan tasvirni e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Tramp avvalroq Mayamida o‘tkazilgan investitsiya forumida hazil aralash tarzda ushbu bo‘g‘ozni o‘z nomi bilan atagan va bu gaplari tasodifiy emasligini ta’kidlagan. Oradan ko‘p o‘tmay, OAV uning bo‘g‘oz nomini “Amerika bo‘g‘ozi”ga o‘zgartirish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotganini yozdi.
So‘nggi yillarda Tramp muhim obyektlar va geografik nomlarni qayta nomlash tashabbuslarini faol ilgari surmoqda. Xususan, ayrim tashkilotlar va hududlar nomini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar ham e’lon qilingan.
Shu bilan birga, mintaqadagi vaziyat ham keskinligicha qolmoqda. AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakatlari fonida Tehron Hormuz bo‘g‘ozini yopish bilan tahdid qilgan. Natijada hududda harbiy va iqtisodiy bosim kuchayib, kemalar harakati deyarli to‘xtab qolgan.
Kuzatuvchilar fikricha, bunday bayonotlar nafaqat siyosiy, balki global iqtisodiy vaziyatga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
