8
Yadro urushi senariysi: AQSH yadro zarbalari Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya xaritasida aks ettirildi
Illustrativ foto: Pixabay
AQSHning eng yirik yadroviy o‘q-dorilari, B-83 bombalari bilan Moskva, Pxenyan va Pekinga berilgan termoyadro zarbasining oqibatlari modellashtirildi. Amerikaning Newsweek nashri ehtimoliy hujum oqibatlarini tahlil qildi.
Ushbu ssenariy global keskinlikning kuchayishi va yadroviy mojaro xavfi kontekstida o‘rganildi. Tahlil yadro texnologiyalari tarixchisi, professor Aleks Vellershteynning modellariga asoslangan. Taxminan 11 ming fut balandlikda nazariy havo portlashi, zararlanish hududini maksimal darajada kengaytirish maqsadida amalga oshirilganda, shaharlar uchun fojiali oqibatlarga olib kelishi aniqlandi.
Vayronkorlik ko‘lami
- Olov shari (radiusi 2,56 kv. km): bu hududda harorat millionlab darajaga yetib, yo‘lidagi hamma narsani bir zumda bug‘lantirib yuboradi;
- Kuchli zarba to‘lqini (radiusi 109 kv. km): turar-joy binolarining vayron bo‘lishi va ommaviy yong‘inlarning boshlanishiga olib keladi;
- Nurlanish (radiusi 340 kv. km): bu hududdagi odamlar uchinchi darajali kuyish xavfiga duch keladi. Bu kuyishlar asab tolalarining yo‘q bo‘lishi tufayli og‘riqsiz kechsa-da, jiddiy jarohatlanish va a’zolarning kesilishiga olib kelishi mumkin;
- Yengil zarba to‘lqini (radiusi 860 kv. km): bu hududda derazalar sinib ketadi, natijada siniq oynalardan jarohatlanish holatlari yuz beradi.
Termal radiatsiya doirasida yuzaga keladigan uchinchi darajali kuyishlar sog‘liq uchun eng jiddiy xavflardan biri hisoblanadi.
Bunday jarohatlar ko‘pincha uzoq muddat davolanishni, a’zolarni kesib tashlashni talab qiladi va chuqur chandiqlar qoldiradi. Turar-joy binolarining vayron bo‘lishi va yong‘inlar minglab odamlarni uysiz qoldiradi, uzoqroq hududlardagi singan derazalar esa qo‘shimcha jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin.
Shaharlarga ta’siri
Pxenyan: taxminlarga ko‘ra, 1,3 million kishi halok bo‘ladi, yana 1,1 million kishi jarohatlanadi. Yengil zarba to‘lqini zonasida bir sutka davomida 3,2 milliongacha odam qolishi mumkin.
Foto: Pxenyanga gipotetik zarba / Newsweek
Moskva: 1,4 millionga yaqin kishi halok bo‘lishi, 3,7 million kishi jarohatlanishi mumkin. Zararlanish zonasida har kuni 10,2 million kishi bo‘lishi mumkin.
Foto: Moskvaga gipotetik zarba / Newsweek
Pekin: qurbonlar 1,5 million kishi, jarohatlanganlar 3,3 million kishi. Portlash zonasida kun davomida 9 milliondan ortiq odam bo‘lishi mumkin.
Foto: Pekinga gipotetik zarba
Global kontekst
AQSH Ukrainani Rossiya bilan urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda, qurol-yarog‘, jumladan, yaqinda Rossiya hududida qo‘llanilgan ATACMS raketalarini yetkazib bermoqda. Shu bilan birga, Rossiya yadroviy ritorikasini kuchaytirdi, agarda tajovuz bo‘lsa, javob zarbasi muqarrarligini eslatib o‘tdi.
Ayni paytda AQSH Xitoy bilan munosabatlarda keskinlikka duch kelmoqda. Vashington Xitoyning Tayvan qirg‘oqlari yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlarini qoraladi. Pentagon vakillari Rossiya yoki Xitoy bilan harbiy to‘qnashuv ehtimoli yuqoriligicha qolayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Shu asnoda Newsweek yadroviy qurol keltirishi mumkin bo‘lgan vayronagarchiliklar ko‘lamiga e’tibor qaratib, dunyo yetakchilarini global halokatning oldini olish yo‘llarini izlashga chaqirmoqda.
Vaziyatning yanada rivojlanishi eng yirik yadroviy davlatlar o‘rtasidagi keskinlikni pasaytirishda xalqaro hamjamiyatning faol ishtirokini talab etishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?