Foto: “Sputnik”
Beshta yadroviy davlat — AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy vakillari Dubayda uchrashdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Uchrashuv 4 dekabr kuni Xitoy raisligida ekspertlar darajasida o‘tkazildi, unda yadro doktrinasi muhokama qilindi. Pekin ma’lumotlariga ko‘ra, munozara “ochiq” bo‘lib o‘tdi.
"Bir-birining yadro doktrinalarini yaxshiroq tushunish va anglashilmovchiliklar hamda xato hisob-kitoblarning oldini olish maqsadida bunday munozara o‘z vaqtida o‘tkazilishiga qaror qilindi", deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Avgustdan boshlab “yadro beshligiga” raislik Rossiyadan Xitoyga o‘tdi. O‘tgan safar davlatlar 10 oktyabr kuni Nyu Yorkda uchrashgandi.
2023 yilning iyun oyida esa AQSH tomonidan Qohirada yadroviy davlatlarning harbiy va diplomatik ekspertlari darajasida uchrashuv tashkil etilgandi. Unda Rossiya ham ishtirok etgandi.
So‘nggi bir yil ichida barcha to‘qqizta yadroviy davlat — beshta rasmiy (Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya) va to‘rtta norasmiy (Isroil, Hindiston, KXDR, Pokiston) — yangi yadroviy qurollarni ishga tushirdi.
Dunyodagi umumiy yadro zaxirasi 12 121 ta yadroviy kallakni tashkil etadi, ulardan 9585 tasi 2024 yil yanvar oyida zaxirada saqlangan. 3904 ta jangovar kallakni raketa va samolyotlarga o‘rnatish mumkin bo‘lgan. Bu 2023 yil yanvariga nisbatan 60 taga ko‘p; ulardan 2,1 mingtasi yuqori jangovar shaylik holatida turardi.
Rossiya yadroviy doktrinasini yangiladi
Noyabr oyida prezident Vladimir Putin yangilangan yadroviy doktrinani tasdiqladi. Bunga AQSH Kiyevga Rossiya ichkarisiga zarba berish uchun ATACMS uzoq masofali raketalaridan foydalanishga ruxsat bergani turtki bo‘ldi.
Hujjatning yangi tahririga ko‘ra, Moskva yadroviy davlatni qo‘llab-quvvatlagan holda noyadroviy davlat tomonidan amalga oshirilgan tajovuzni qo‘shma hujum, harbiy koalitsiya, blok yoki ittifoq tarkibidagi davlat tomonidan amalga oshirilgan hujumni esa umuman bunday birlashmaning tajovuzi deb hisoblaydi.
Kremlning ta’kidlashicha, Rossiya har doim yadroviy qurolni tiyib turish chorasi, undan foydalanishni esa “o‘ta majburiy chora” deb bilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?