
Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vinssent Kompani bilan imzolangan yangi shartnoma o'ziga xos jihatga ega. Ma'lum bo'lishicha, belgiyalik mutaxassis 2029-yilga qadar klub bilan kelishuvni uzaytirgan, ammo shartnomada Angliya Premer-ligasi (EPL) klublariga oid hech qanday tovon puli yoki boshqa shartlar ko'zda tutilmagan.
Bu haqida taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano xabar berdi. Shuningdek, yangi shartnomaga ko'ra, "Bavariya" klubi Kompanini iste'foga chiqarish huquqiga ega emas.
Hozirda "Bavariya" murabbiyligida yetti turdan so'ng 21 ochko to'plab, Bundesliga turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Belgiyalik murabbiy boshchiligidagi jamoa o'rtacha har bir o'yinda to'rtga yaqin gol urmoqda.
Shuningdek, "Bavariya" barcha musobaqalarni inobatga olganda so'nggi 12 o'yinda 12 ta g'alaba qozongan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar