
Barselona klubidan Elchega ijaraga olingan himoyachi Ektor Fort Lamini Yamal haqida fikrlarini bildirdi. 18 yoshli vinger El-Klasiko oldidan Madridning Real jamoasiga nisbatan keskin fikrlar bildirgan edi.
Oʻyinda "qaymoqranglilar" Yamalni nazorat qilishga muvaffaq boʻlishdi va 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Shundan soʻng, ular yosh futbolchining soʻzlarini yodga olishdi.
"Lamin bilan hammasi joyida. U nima qilayotganini yaxshi anglaydi va Barselona uning uchun xavotirlanmasa ham boʻladi.
Lamin oʻz faoliyatiga toʻliq eʼtibor qaratgan. Odamlar shunchaki uning oʻyinidan zavqlanishi kerak, chunki u ajoyib futbolchi", dedi Fort, ispan nashrlariga bergan intervyusida.
Elche jamoasi Barselonaning navbatdagi raqibi boʻladi. Uchrashuv 2-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing