
Futbol agenti Paulu Barboza PSJ darvozaboni Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, Safonov joriy mavsumda o‘z klubida maydonga tushmagan holda vaqtini behuda sarflamoqda.
"Safonov o‘ynashi kerak, bu uning majburiyati. Hozir u, afsuski, vaqtini yo‘qotmoqda.
Yosh va kuchga to‘lgan paytda imkoniyatlardan foydalanish, rivojlanish lozim," dedi Barboza "RB Sport" nashriga bergan intervyusida. Ekspertning fikricha, Safonovning o‘zi ham qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirish zarurligini anglab yetgan bo‘lishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy mavsumda Safonovning asosiy raqibi "Lill" klubidan sotib olingan Lyuka Shevalye hisoblanadi. Hozirgacha Safonov PSJ tarkibida rasmiy o‘yinlarda ishtirok etmagan.
O‘tgan mavsumda esa rossiyalik darvozabon PSJ safida 17 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar