
O'tgan dam olish kunlari Ispaniyada "El-Klasiko" uchrashuvi bo'lib o'tdi. La Liga chempionatining asosiy jamoalari o'rtasidagi bahsda "Real" "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
O'yindan so'ng "Real" murabbiylar shtabi a'zosidan biri, ismi oshkor qilinmagan holda, "qaymoqranglilar" ancha ko'proq gol urishi mumkinligini ta'kidladi. "Biz "Barselona"ga yetti gol ura olardik", - dedi "Real" murabbiylar shtabi vakili.
Bu haqda Madrid Xtra nashri jurnalist Gilermo Raydan iqtibos keltirgan. Ayni paytda "Real" La Liga turnir jadvalida 10 o'yinda 27 ochko to'plab, birinchi o'rinda bormoqda.
"Barselona" esa 22 ochko bilan ikkinchi pog'onada joylashgan. Mazkur jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi may oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar