
Italiyaning "Napoli" klubi yarim himoyachisi Skott Maktominayning Angliyaga qaytishi haqidagi mish-mishlar kuchaymoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, 28 yoshli shotlandiyalik futbolchiga Londonning "Tottenhem" klubi qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining o‘zi yaqin kelajakda "Tumanli Albion"ga qaytishni istayotganini hisobga olsak, bu transfer amalga oshishi mumkin. Skott Maktominay 2024 yil yozida "Manchester Yunayted"dan "Napoli"ga ko‘chib o‘tgan edi.
U Italiyadagi debyut mavsumida o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatdi: Antonio Konte boshchiligidagi jamoaga A Seriya chempionligini qo‘lga kiritishda yordam berdi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Qizil iblislar" akademiyasi tarbiyalanuvchisining hozirgi transfer qiymati Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 50 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing