date

Konteni De Bryuyne va Lukaku jarohatlari gʻazablantirdi

Konteni De Bryuyne va Lukaku jarohatlari gʻazablantirdi
“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasida yuzaga kelgan jarohatlar muammolari haqida fikr bildirdi. Yaqinda yarim himoyachi Kevin De Bryuyne jarohat oldi va taxminan uch-toʻrt oy maydonga tusha olmaydi.

Mavsum boshida esa hujumchi Romelu Lukaku jarohat olgan edi va hozirga qadar tiklanmadi. “Baʼzi odamlar biz kichik imkoniyatlar bilan cheklanganligimizni unutishadi.

Ayrimlar jamoamiz jiddiy kuchaymoqda, deb oʻylashadi, hatto De Bryuyne va Lukaku jarohatlari bizga foyda beradi, deydiganlar ham bor. Bu mutlaqo bemaʼni gap”, – dedi Konte “Lecce”ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida qozonilgan gʻalabadan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

“Napoli” toʻqqiz turdan soʻng 21 ochko toʻplab, A Seriyasi turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konteni De Bryuyne va Lukaku jarohatlari gʻazablantirdi