
Indoneziyaning Talaud orollaridan Manado shahriga qarab harakatlanayotgan Barcelona V (KM) nomli yirik yo‘lovchi paromida jon vahimasi bilan yonib ketgan qora tun jamoatchilikni dahshatga soldi. Channel News Asia ma’lumotiga ko‘ra, kemada yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, jumladan homilador ayol ham bor. CNN Indonesia esa qurbonlar orasidagi bu ayol haqida alohida ta’kidladi.
Paromda umumiy 280 kishi bo‘lgan. Fojea mahalliy vaqt bilan soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan 10:00) atrofida, Talis va Biaro orollari o‘rtasidagi suvlarda ro‘y berdi. Hodisaga guvoh bo‘lganlarning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bo‘lib pastki palubalardan quyuq qora tutun chiqqan, shundan so‘ng yo‘lovchilar panikaga tushib, ommaviy ravishda suvga sakray boshlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlar baqirib, yordam so‘rayotgani, palubadagi odamlar soni tobora ortib, vaziyat keskinlashgani ko‘rinadi. Kema xodimlari esa imkon qadar qutqaruv nimchalarini tarqatishga urinishgan. Ularning yordami bilan ba’zi odamlar suvga tushishdan oldin himoya vositalarini kiyishga ulgurgan.
Suvdagi dramaning eng ta’sirli voqealaridan biri – Abdul Rahmad Agu ismli yo‘lovchining jonli efirdagi videosi bo‘ldi. U qo‘lida yig‘layotgan bolakay bilan birga suvda turgan holda “Yordam beringlar, KM Barcelona V yonmoqda! Bortda hali odam ko‘p. Biz dengizda yonyapmiz, bizga tezroq yordam kerak” deya murojaat qilgan.
Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari zudlik bilan uchta kema jo‘natib, qutqaruv ishlarini boshladi. Shu bilan birga, mahalliy baliqchilar ham evakuatsiyada faol ishtirok etdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 150 kishi qutqarildi, ammo 130 nafar odam haligacha bedarak deb hisoblanmoqda.
Yong‘inning kelib chiqish sababi hozircha aniq emas, ammo taxminlarga ko‘ra, u uchinchi palubada boshlangan va qisqa fursatda butun parom bo‘ylab yoyilgan. Hali rasmiy xulosa chiqarilmadi, ammo ushbu fojea Indoneziyadagi yo‘lovchi paromlarda xavfsizlik masalalariga yana bir bor jiddiy qarash kerakligini ko‘rsatdi.
Hodisa barchaga bir narsani eslatdi: dengizdagi har bir sayohat nafaqat manzilga yetishish, balki xavf-xatarlardan omon qolish kurashi ham bo‘lishi mumkin. Odamlar hayoti soniyalar ichida tag‘in o‘zgarishi, yoki afsuski, to‘xtab qolishi mumkin.
Bu kabi voqealarni bartaraf etish uchun nafaqat texnika, balki insonparvarlik, tezkorlik va mustahkam tizim talab etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar