Indoneziyada juma namozi payti portlash sodir bo‘ldi

1 daqiqa o'qish325
Indoneziyada juma namozi payti portlash sodir bo‘ldi

Indoneziya poytaxti Jakartada juma namozi chog‘ida portlash yuz berdi, deb xabar berdi mahalliy rasmiylar. Hodisa natijasida kamida 50 dan ortiq kishi tan jarohati olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia shaharning shimoliy qismidagi Kelapa Gading tumanida joylashgan 27-son davlat o‘rta maktabining masjidida sodir bo‘lgan. Shu vaqtda masjidda asosan o‘quvchilar bo‘lgani sababli jabrlanganlarning ko‘pchiligi o‘smir yoshda ekani aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash ovoz kuchaytirgich tizimi yaqinida ro‘y bergan. Ammo hozircha rasmiylar sabab haqida aniq ma’lumot bergani yo‘q — hodisa elektr tizimidagi nosozlik yoki qo‘lda yasalgan portlovchi moslama tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Portlashdan so‘ng voqea joyiga tez yordam va qutqaruv xizmatlari yetib kelgan. Barcha jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Politsiya hodisa yuzasidan tergov boshlaganini ma’lum qildi. Havfsizlik kameralari yozuvlari o‘rganilayotgani, guvohlar bilan so‘rovnoma olib borilayotgani aytilmoqda.

Hozircha masjid atrofi yopilgan, hodisaga aniq nima sabab bo‘lganini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?