
Italiya A Seriyasida oktyabr oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi murabbiy aniqlandi. Ushbu mukofot "Roma" jamoasini boshqarayotgan Jan Pyero Gasperiniga topshirildi.
O'tgan oy davomida "Roma" Italiya chempionatida to'rtta uchrashuv o'tkazdi. Gasperini jamoasi "Fiorentina"ni (2:1), "Sassuolo"ni (1:0) va "Parma"ni (2:1) mag'lub etdi, biroq "Inter"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.
Hozirgi kunda "Roma" A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda joylashgan. Jamoa Gasperini boshchiligida peshqadam "Napoli"dan bor-yo'g'i bir ochkoga ortda qolmoqda.
Turnir jadvalining yuqori qismi juda tig'iz. "Roma"ning navbatdagi o'yini 9-noyabr kuni o'z maydonida "Udineze"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar