date

Lavrov Putin ishonchini yo‘qotdimi? Sabablar ma’lum bo‘ldi

Lavrov Putin ishonchini yo‘qotdimi? Sabablar ma’lum bo‘ldi

The Moscow Times'ning yozishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vengriyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Putin va Tramp uchrashuvi bekor qilingach, Rossiya prezidentining ishonchidan chiqqani aytilmoqda.

Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Lavrov bu yilgi G20 sammitida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilmaydi. Uning o‘rnini Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin egallaydi.

Shuningdek, vazir 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ham qatnashmagan. Unda yadroviy sinovlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingani ma’lum qilingan edi.

Manbaga ko‘ra, Lavrovning vaziyatdagi rolini 21 oktyabr kuni AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati belgilagan bo‘lishi mumkin. Shu muloqotdan keyin Oq uy Tramp va Putinning Budapeshtdagi sammitini bekor qilgan. Rubio Rossiya “muloqotga tayyor emas” degan xulosaga kelgani xabar qilingan.

Shu bilan birga, oradan ko‘p o‘tmay, AQSH “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etgani ham Lavrov atrofidagi siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirgani ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov Putin ishonchini yo‘qotdimi? Sabablar ma’lum bo‘ldi