Zelenskiy Donbass bo‘yicha murosaviy yechim taklifini ochiqladi

2 daqiqa o'qish598
Zelenskiy Donbass bo‘yicha murosaviy yechim taklifini ochiqladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donbass masalasida murosaviy yechim sifatida maxsus qoidalarga ega erkin iqtisodiy zona tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Ushbu taklif mintaqadan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqish ehtimoli bilan bog‘liq shart sifatida bildirildi. Prezident bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Suhbat 29 dekabr, dushanba kuni e’lon qilingan.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina Rossiya bilan urushni tartibga solish jarayonida o‘z hududlaridan voz kechishi mumkin emas. Bu, uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qonunchiligiga, jamiyatning umumiy pozitsiyasiga hamda voqeiy vaziyatga zid hisoblanadi.

«Biz shunchaki o‘z hududlarimizni tashlab chiqib ketolmaymiz. Bu qonunimiz doirasidan tashqari. Gap faqat qonun haqida emas — u yerda odamlar yashaydi, u yerda armiyamiz joylashgan», — dedi prezident.

Ukraina rahbari hududlar masalasi tinchlik muzokaralaridagi eng og‘ir va murakkab nuqta ekanini ham ochiq tan oldi. Uning aytishicha, aynan shu masalada Kiyev va Moskva pozitsiyalari keskin farq qiladi. Zelenskiy Donbass hududlarida hanuz taxminan 300 ming nafar ukrain fuqarosi istiqomat qilishini, ularning katta qismi esa bosqin va janglar oqibatida jabr ko‘rganini qayd etdi. Shu bois bu masalaga faqat rasmiy yoki sof siyosiy yondashuv bilan qarab bo‘lmasligini uqtirdi.

«Hamma tinchlikni istaydi, lekin har qanday narx evaziga emas. Hududlardan voz kechish masalasi bo‘yicha referendum Ukraina uchun ijobiy natija bermaydi», — dedi u. Prezident fikricha, Ukraina jamiyati bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Zelenskiy Donbass bo‘yicha “real murosa” deb aynan erkin iqtisodiy zona yaratishni ko‘rmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina qo‘shinlari bir necha kilometrga orqaga chekinsa, Rossiya ham xuddi shunday qadam tashlab, o‘z kuchlarini ortga tortishi lozim. Ana shu hududda maxsus iqtisodiy va ma’muriy qoidalar amal qilishi mumkin.

28 dekabr kuni Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp Florida shtatida uchrashuv o‘tkazgan. Undan so‘ng Ukraina va AQSH rahbarlari Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etish masalasida tomonlar “juda yaqin” ekanini bildirishgan.

Zelenskiyning ma’lum qilishicha, tinchlik rejasining 20 bandining taxminan 90 foizi bo‘yicha kelishuvga erishilgan, AQSH tomonidan beriladigan xavfsizlik kafolatlari esa to‘liq muvofiqlashtirilgan. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti ushbu rejani referendumga qo‘yish ehtimolini ham istisno etmagan, chunki hududlar masalasi hanuz eng nozik va bahsli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?