
Yakshanba kuni Filippinlarda Fung-wong nomli supertropik bo‘ron yaqinlashishi sababli keng ko‘lamli evakuatsiya ishlari boshlandi. Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 916 mingdan ortiq odam xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.
Bo‘ron soatiga 185 kilometr tezlikdagi shamollar va 230 kilometr/soatgacha bo‘lgan kuchli shamol to‘lqinlarini keltirib chiqarmoqda. Uning ta'sir doirasi mamlakatning deyarli butun hududini qamrab olmoqda.
Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, mamlakat sharqidagi Katanduanes oroli bo‘ronning to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbasiga duch kelishi mumkin. Yakshanba kuni ertalabdan orolda kuchli to‘lqinlar, yomg‘irlar va suv toshqinlari kuzatilmoqda.
Hukumat dushanba kuni maktablar va davlat muassasalarini, jumladan, poytaxt Manila shahridagi muassasalarni yopish haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, qariyb 300ta samolyot reysi bekor qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar