date

Robert De Niro va Emin Agalarov hamkorlik qiladi


Mashhur Gollivud aktyori Robert De Niro ozarbayjonlik tadbirkor va musiqachi Emin Agalarov bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Emin Agalarov o‘z Instagram sahifasida Robert De Niro bilan birgalikda Nobu Hotel loyihasini amalga oshirishi haqida e’lon qildi.

Ushbu loyiha Ozarbayjondagi Sea Breeze hududida amalga oshiriladi. Ozarbayjonlik tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, u Robert De Niro bilan do‘stlik aloqalariga ega va aktyor kelasi yilda Bokuga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Emin Agalarov O‘zbekistonda ham katta turistik loyihani amalga oshirmoqda. Loyihaga ko‘ra, Chorvoq suv ombori bo‘yida joylashgan Sea Breeze hududida plyajlar, mehmonxonalar, kottejlar, do‘konlar, restoranlar, sport va dam olish maskanlari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha uchun taxminan 5 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Robert De Niro va Emin Agalarov hamkorlik qiladi