date

Toshkent-Krasnodar reyslari jadvali o‘zgartirildi

Toshkent-Krasnodar reyslari jadvali o‘zgartirildi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Krasnodarga va ortga 12-noyabr kuni amalga oshiriladigan HY687/688 reyslari o‘zgartirilgan jadval asosida bajariladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zgarishlarga sabab Krasnodar aeroportidagi yomon ob-havo sharoitidir. Toshkentdan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 10:10 da uchib ketadi va Krasnodarga soat 12:20 da yetib boradi.

Krasnodardan uchish 13:30 ga rejalashtirilgan, Toshkentga esa samolyot soat 19:05 da yetib keladi. Toshkent-Krasnodar yo‘nalishidagi iqtisodiy sinf chiptalari narxi 1 million so‘mdan, biznes sinf chiptalari esa 6,9 million so‘mdan boshlanadi.

Ushbu reyslarni bajarishda Airbus A320 Neo samolyotlari foydalaniladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Toshkent-Krasnodar reyslari jadvali o‘zgartirildi