date

Sibir daryolarini O‘zbekistonga burish taklifi o‘rganilmoqda

Sibir daryolarini O‘zbekistonga burish taklifi o‘rganilmoqda
Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari Ob daryosini O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga burish imkoniyatini o‘rganishni rejalashtirmoqda. Sovet Ittifoqida ham 1980-yillarda shunga o‘xshash loyiha ishlab chiqilgan edi.

Rossiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti ilmiy direktori Viktor Danilov-Danilyanning so‘zlariga ko‘ra, bu masala oktyabr oyidagi ilmiy kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan. Qabul qilingan rezolyutsiyada Rossiyaning suv resurslarini strategik rejalashtirish masalalari o‘rganilishi belgilangan.

Olimning ta’kidlashicha, mazkur tashabbusni zudlik bilan amalga oshirish zarurati yo‘q. Avvalo, Rossiyaning o‘z hududlarini suv bilan ta’minlash ustuvor vazifa.

Fanlar akademiyasi akademigi Robert Nigmatulin Markaziy Osiyoda suv tanqisligi ortib borayotganini, bu esa qurg‘oqchilik va hosildorlikning pasayishiga olib kelayotganini aytdi. U Sibir daryolaridagi yillik oqimning taxminan 20-70 kub kilometr hajmidan foydalanishni taklif qildi, bu esa umumiy hajmning atigi kichik qismidir (yillik oqim 3000 kub kilometrga teng).

Nigmatulinning fikricha, bu tashabbus Markaziy Osiyodagi suv tanqisligi muammosini hal qilish va Arktikadagi issiqlik bosimini kamaytirishga yordam beradi. Olimlar Ob daryosidan suvni O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi Orolbo‘yi hududiga yo‘naltirish, shuningdek, Pechora va Shimoliy Dvina daryolaridan Volga va Priazovye hududlariga suv yetkazish g‘oyasini istiqbolli deb baholashdi.

Suvni ochiq kanallar orqali emas, balki polimer quvurlar yordamida tashish taklif etilmoqda. Ushbu quvurlar orqali mintaqaga yiliga taxminan 5,5 milliard kub metr suv yetkazish rejalashtirilgan.

Zarurat tug‘ilganda quvurlar o‘tkazuvchanligini oshirish imkoniyati ham mavjud. Eslatib o‘tamiz, Sovet Ittifoqida Sibir daryolarini Orol tomon burish rejalari mavjud edi.

Ammo bu loyiha atrof-muhitga va daryolar bo‘yida yashovchi mahalliy xalqlarning hayotiga salbiy ta’siri tufayli to‘xtatilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sibir daryolarini O‘zbekistonga burish taklifi o‘rganilmoqda