date

Xitoy sun'iy yo'ldoshiga Samarqand nomi beriladi

Xitoy sun'iy yo'ldoshiga Samarqand nomi beriladi
Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi o'zining giperspektral sun'iy yo'ldoshlaridan biriga «Samarqand-2028» nomini berishga qaror qildi. Shuningdek, kompaniya 2028-yilda O'zbekistonda o'tkaziladigan Xalqaro Astronavtika Kongressini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

Bu qaror «O'zbekkosmos» agentligi bilan imzolangan strategik memorandum doirasida qabul qilindi. Hujjat sun'iy yo'ldoshlar sohasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va ilmiy-texnologik integratsiyani mustahkamlashni nazarda tutadi.

Tomonlar shuningdek, giperspektral ma'lumotlardan foydalanib, paxta va bug'doyning milliy xaritalarini yaratish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy sun'iy yo'ldoshiga Samarqand nomi beriladi