date

Tailand va Kambodja o'rtasida chegara ziddiyati

Tailand va Kambodja o'rtasida chegara ziddiyati
Tailand harbiy-dengiz kuchlari Kambodja armiyasini qirollikka tegishli bo'lgan Trat provinsiyasidan siqib chiqarish operatsiyasini boshladi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

"Tailand o'z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishga qat'iy qaror qilgan va zarur bo'lsa, harbiy choralar ko'rilishi kerak", dedi mudofaa vazirligi vakili kontr-admiral Surasant Kongsiri.

8 dekabr kuni Tailand va Kambodja o'rtasidagi chegaradosh mojarolar kuchaydi, Bangkok va Pnompen bir-birini sulhni buzganlikda aybladi. Ikkala tomon ham chegaradosh hududlardagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshlaganini e'lon qildi.

Reuters agentligining qayd etishicha, Tailand va Kambodja 817 kilometrga cho'zilgan quruqlik chegarasining ayrim hududlari ustida yuz yildan ortiq vaqt davomida bahslashib kelmoqda. Shuningdek, qadimiy ibodatxonalar bilan bog'liq kelishmovchiliklar milliy his-tuyg'ularni kuchaytirib, vaqti-vaqti bilan qurolli to'qnashuvlarga olib keladi.

Iyun oyida bo'lgan chegaraviy mojaro oqibatida ikki tomon 40 dan ortiq qurbon bergan, 300 ming aholi esa qochqin bo'lgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tailand va Kambodja o'rtasida chegara ziddiyati