date

Tailandning F-16 samolyotlari Kambodjani nishonga oldi

Tailandning F-16 samolyotlari Kambodjani nishonga oldi

Tailand havo kuchlari yana Kambodja hududini hujumga oldi: F-16 qiruvchi samolyotlari ikki bomba tashlab, Ban Txa Sen tumanidagi, Tailandning Trat viloyati yaqinida joylashgan kazinoni nishonga oldi.

Manballarga ko‘ra, bu hujum Kambodja tomonidan amalga oshirilgan harakatlarga javoban amalga oshirilgan bo‘lib, Bangkok buni Tailand chegarasini buzish deya baholagan.

Ikki davlat o‘rtasidagi uzoq davom etayotgan nizolar dam olish kunlari yana kuchayib ketdi. Tailand va Kambodja bir-birini AQSH vositachiligida erishilgan sulhni buzganlikda ayblamoqda.

Chegara hududlaridagi to‘qnashuvlar jiddiy oqibatlarga olib keldi: Tailand tomoni uch nafar tinch aholi vakili va to‘qqiz nafar harbiy halok bo‘lganini, 120 dan ortiq kishi jarohatlanganini ma’lum qildi. Kambodja esa 11 nafar aholi halok bo‘lgani va 74 kishi jarohatlanganini tasdiqladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tailandning F-16 samolyotlari Kambodjani nishonga oldi