
Israir Airlines 2026 yilgi yozgi mavsumda Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarini kengaytiradi: aviakompaniya bu yo‘nalishga haftasiga to‘rt marta parvoz qilishni rejalashtirgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Shuningdek, kelasi yil may oyidan tashuvchi Italiyadagi Bari va Bolonya shaharlariga haftasiga ikki martadan reyslarni yo‘lga qo‘yadi, Dyusseldorf yo‘nalishi ham jadvalga qo‘shiladi.
Aprel oyidan esa Krit oroliga, Iraklion shahriga parvozlar boshlanib, haftasiga olti martagacha yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Kompaniya ommabop yo‘nalishlardagi reyslarini ham saqlab qoladi: Afinaga haftasiga 14–15 marta, Budapeshtga 15 marta, Batumiga esa 16–18 marta parvozlar davom ettiriladi. Bundan tashqari, Saloniki, Pafos, Korfu, Rodos, London, Praga, Verona, Neapol, Zaltsburg, Vena va Rim yo‘nalishlarida ham qatnovlar davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.