date

AQSh Venesuelada harbiy amaliyot boshlagani aytilmoqda

AQSh Venesuelada harbiy amaliyot boshlagani aytilmoqda

Venesuela mahalliy OAVlari AQSh mamlakat hududida harbiy amaliyot boshlaganini xabar qilmoqda. Reuters qayd etishicha, shanba tongida Karakasda guvohlar osmonda samolyotlar paydo bo‘lgani, kuchli portlashga o‘xshash shovqinlar eshitilgani va tutun ustunlari ko‘ringanini bildirgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, shahar janubida yirik harbiy baza yaqinidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti uzilgan. Venesuela rasmiylari hozircha voqeaning mazmuni va sabablari bo‘yicha bayonot bermagan.

Ushbu xabarlar fonida AQSh prezidenti Donald Trampning avvalroq aytgan fikrlari yana muhokamaga qaytmoqda. U bir necha bor Nikolas Maduroga bosim o‘tkazish va uni lavozimni tark etishga majburlash doirasida Venesuelada quruqlikdagi amaliyot ehtimolini istisno qilmagandi.

Vashington bayonotlarida aytilishicha, AQShning mintaqadagi yondashuvi sanksiyalarni kengaytirish, hududda harbiy ishtirokni kuchaytirish, shuningdek, Tinch okeani va Karib dengizida giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq deb ko‘rsatilgan kemalarga yigirmadan ortiq zarba berishni ham o‘z ichiga olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Venesuelada harbiy amaliyot boshlagani aytilmoqda