date

Parij sudi Brijit Makron haqidagi mish-mishlar uchun jazo tayinladi

Parij sudi Brijit Makron haqidagi mish-mishlar uchun jazo tayinladi

Parij jinoiy sudi Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makronga qarshi internetda olib borilgan ta’qib, haqorat va asossiz mish-mishlar tarqatish ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Sud 10 nafar ayblanuvchini prezident rafiqasiga nisbatan “g‘arazli, kamsituvchi va haqoratli” iboralar orqali qasddan zarar yetkazgan, deb topdi.

Qarorga ko‘ra, sudlanuvchilarning aksariyati 4 oydan 8 oygacha shartli qamoq jazosini olgan. Ishdagi shaxslardan biri sud majlisiga kelmagani uchun 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilingani aytilmoqda.

Mahkumlar orasida reklama agentligi rahbari Orelen Puarson (8 oy shartli) va folbin sifatida tanilgan Amandin Rua (yarim yillik jazo) ham bor. Prokuratura ularni Brijit Makronga qarshi dezinformatsiya kampaniyasining tashabbuskorlari sifatida baholagan. Shuningdek, sud ularni internetdagi boshqa foydalanuvchilar bilan muomala madaniyatini oshirishga qaratilgan kurslarda o‘qishga majburlagani ham qayd etilgan.

Gap shundaki, ayblanuvchilar Brijit Makron haqida “u aslida Jan-Mishel Trone ismli erkak bo‘lib tug‘ilgan” degan asossiz fitna nazariyasini tarqatgan. Shu bilan birga, ular Emmanuel va Brijit o‘rtasidagi 24 yillik yosh farqini omma oldida masxara qilishga urinayotgani ta’kidlanadi.

Materiallarda yana bir muhim epizod tilga olinadi: ayni paytda AQSHda Fransiya birinchi xonimi haqidagi shunday mish-mishlarni faol yoygan o‘ta o‘ng qanot faoli Kendis Ouensga qarshi da’vo ham ko‘rib chiqilayotgani aytilgan. Bu da’vo ishini Emmanuel Makron qo‘zg‘atgani qayd etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Parij sudi Brijit Makron haqidagi mish-mishlar uchun jazo tayinladi