Venesuela masalasida AQSHni neft qiziqtiraypti, kokain emas

AQSHning Venesuelada olib borayotgan harakatlari rasmiy ravishda narkotrafikka qarshi kurash sifatida izohlansa-da, aslida bu jarayon ortida mutlaqo boshqa manfaatlar yotgani aytilmoqda. Mutaxassislar fikricha, Vashington uchun asosiy maqsad — narkotiklar emas, balki Venesuelaning boy neft zaxiralari va G‘arbiy yarimsharda o‘z ta’sirini mustahkamlashdir.
Uorik universiteti professori, narkotrafikning jahon tarixi mavzusidagi kitob muallifi Benjamin Smit ham shu nuqtayi nazarni qo‘llab-quvvatlaydi. Uning ta’kidlashicha, AQSH tomonidan Venesuelaga nisbatan olib borilayotgan operatsiyalar narkotiklar savdosiga qarshi kurashdan ko‘ra, geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, professor Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning narkotrafikka aloqadorligi haqida ilgari surilayotgan ayblovlarga ham shubha bilan qaraydi. Uning fikricha, bu da’volar ko‘proq siyosiy bosim vositasi sifatida qo‘llanilayotgan bo‘lishi mumkin.
Mutaxassis xulosasiga ko‘ra, Venesuela atrofidagi vaziyatni faqat narkotrafik masalasi bilan izohlash biryoqlama yondashuv bo‘lib, voqelikda neft manfaatlari va mintaqada yangi siyosiy tartib o‘rnatish istagi hal qiluvchi omil hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!