19:53 / 15.08.2018
4 860

"Kobra effekti"

"Кобра эффекти"
Ba’zida yaxshi o‘ylab qilinmagan chora-tadbirlar foydasiga emas, balki zarariga bo‘lishi mumkin.

Angliyaliklar bir vaqtlar Xindistonni o‘z mustamlaka davlati qilgan davrda kobra ilonlarni kamaytirishga qarshi tadbir o‘tkazishadi. Har bir o‘ldirilgan kobra ilonlarining boshi uchun mukofot puli belgilashadi. Mahalliy aholi har bir o‘ldirilgan kobra ilonning boshi uchun mo‘maygina haq olish uchun bu ishga kirishadilar. Angliyaliklar bir muddat o‘z tadbirlari, ya’ni kobra ilonlarining keskin kamayishiga erishishadi. Lekin mahalliy aholi mo‘maygina pul topish uchun o‘zlari kobra ilonlarni ko‘paytirib daromad manbaiga aylantirib bo‘lishgan edi.

Anliyaliklar e’lon qilgan tadbirlarini bekor qilishlari bilan qisqa muddatda kobra ilonlar avvalgi holatidan ham bir necha marotaba ko‘payib ketadi. Sababi mahalliy aholi o‘zlari boqib, ko‘paytirgan kobra ilonlarini qo‘yib yuborishadi. Shundan so‘ng xalq orasida “Kobra effekti” atamasi paydo bo‘lgan.

Demak, ba’zida yaxshi o‘ylab qilinmagan chora-tadbirlar foydasiga emas, balki zarariga bo‘lishi mumkin.

«Mening bo‘lajak yorim qanday bo‘ladi?!»

Kecha bir do‘stim men bilan suhbatlashib turib, ajoyib bir esdaligi bilan bo‘lishdi. U Malayziyada tahsil olib yurgan vaqtida bir professorning aytgan nasihatlarini aytib berdi. Menga bu boshqacha ta’sir qildi. Professor quyidagilarni aytgan ekan:

– Har kim o‘ziga loyiq odam bilan oila quradi: yaxshi bo‘lsangiz, juftingiz ham yaxshi bo‘ladi, yomon bo‘lsangiz, yoringiz ham shunday bo‘ladi.

Bu Qur’oni Karimning haqiqati, hayot qonunidir!

Alloh taolo Kitobida “Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir”, deb aytgan. Bu so‘zning ma’nosini chuqur tushuna olmaganman. Vaqt o‘tgani sayin tushunib, hayratda qoldim.

Juda ko‘p oilalarni sirtdan kuzatdim, o‘rgandim. Yaxshi deb o‘ylagan yigitning ayoli nochor chiqqanini ko‘rganda, yuqorida zikr qilingan oyati karimaning ma’nosi qani, deb o‘yladim. Biroq, biroz vaqt o‘tganidan so‘ng yaxshi deb o‘ylagan yigitning qiliqlari chiqib, biz o‘ylagandek emas ekanini ko‘rdim.

Shunga o‘xshash misollarga ko‘p duch kelganimdan so‘ng, Alloh taoloning so‘zlari haqiqat ekaniga yana bir bor ishonchim komil bo‘ldi.

Mening bo‘ydoqlarga aytadiganlarim:

Bo‘lajak yoring qanday bo‘lishini istasang, avval o‘zing shunga loyiq bo‘lishga harakat qil!

Ilmli bo‘lishini istasang, o‘zing ilm talabida bo‘l, odobli bo‘lishini xohlasang, o‘z odobingga qarab qo‘y, taqvoli bo‘lishini istasang, o‘zing taqvodorlikni kasb et.

Umuman olganda, yuqorida zikr qilingan oyatni, professor so‘zlaridagi ma’noni oldinlari ham bilsamda, bu safar boshqacha ta’sirlandim. Chuqur anglagandek bo‘ldim.

Men bo‘lajak yorimning qanday bo‘lishi haqida ko‘p o‘ylab tashvishlanmayman, ammo o‘zimning qanday ekanimga tashvishlanaman!

Sababi Alloh taoloning menga nasib etadigan yori yaxshimi yoki yomon bo‘lishi o‘zimga bog‘liq ekanini to‘liq tushunaman.

O‘z kamchiliklarim ustida ishlab, odob-axloqim, amallarimni go‘zal qilishga harakat qilishim kerak. Alloh taolodan bugunim kechagimdan, ertam bugunimdan yaxshi bo‘lishini so‘rayman.
Qozoq tilidan Akmal Kurbarov tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Kobra effekti"