date

BMT Suriya rahbariyatiga sanksiyalarni bekor qildi


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi AQSh tomonidan taklif etilgan rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu hujjatga ko'ra, Suriya vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Sharaa va ichki ishlar vaziri Anas Xattabga qarshi qo'llanilgan xalqaro sanksiyalar bekor qilindi.

6-noyabr kuni o'tkazilgan ovoz berishda 14 davlat «maqbulligi»ni bildirib, faqatgina Xitoy vakili ovoz berishda betaraf qoldi. Mazkur qaror Damashq va xalqaro hamjamiyat o'rtasida yangi davrni boshlab beradi.

Qabul qilingan rezolyutsiyada Suriya Arab Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini to'liq hurmat qilish zarurligi ta'kidlangan. Avvalroq ash-Sharaa va Xattabga nisbatan qo'llangan cheklovlar terrorchi tashkilotlar – «Islomiy davlat» va «Al-Qoida» bilan bog'liq shaxslar va tuzilmalar uchun kiritilgan kengroq sanksiyalar paketining bir qismi edi.

Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Fransiya va Pokiston kabi ko'plab davlatlar vakillari bu qarorni Suriyani barqarorlashtirish va iqtisodiy tiklanishini ta'minlash yo'lida «muhim qadam» deb baholashdi. Rasmiy Damashq esa o'z minnatdorchiligini bildirib, ushbu qarorni yangi Suriya rahbariyatiga nisbatan «o'sib borayotgan ishonch» sifatida talqin qildi.

Suriya hukumatining fikriga ko'ra, bu xayrixohlik harakati mamlakatni xalqaro maydonga to'liq qaytishiga sharoit yaratadi. Mazkur qaror AQSh va Suriya o'rtasidagi muhim voqea arafasida qabul qilindi.

10-noyabr kuni Ahmad ash-Sharaaning Vashingtonga ilk rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif davomida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv tashkil etilishi kutilmoqda.

Muzokaralarning asosiy mavzusi Suriya va AQSh boshchiligidagi «Islomiy davlat»ga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo'shilish bo'yicha kelishuv imzolanishi bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Suriya rahbariyatiga sanksiyalarni bekor qildi