date

Nukus – Urganch poyezd chiptalari narxi ikki baravar oshiriladi

Nukus – Urganch poyezd chiptalari narxi ikki baravar oshiriladi

22-noyabrdan boshlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati shaharlararo qatnovlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida “Nukus–Urganch–Nukus” yo‘nalishidagi poyezdlar uchun yangi tariflarni joriy etmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 6354-6353-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezd chipta narxlari 22-noyabrdan boshlab amalda bo‘ladi. Yangi tariflarga muvofiq, kattalar uchun chipta narxi 40 ming so‘m, bolalar uchun esa 21,5 ming so‘m etib belgilangan.

Avvalgi tarif bo‘yicha kattalar 20 ming so‘m, bolalar esa 11,5 ming so‘m to‘lardi. Ya’ni narxlar qariyb ikki baravarga qimmatlashmoqda. Mas’ullar bu o‘zgarish yo‘lovchi vagonlarida xizmat sifati va qulaylikni oshirish, shuningdek, poyezd harakati samaradorligini ta’minlash bilan izohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Nukus–Urganch–Nukus” yo‘nalishidagi mazkur poyezd shu yilning 27-sentyabrida yo‘lga qo‘yilgan edi. U har kuni ertalab soat 05:30 da Nukusdan jo‘nab, 08:50 da Urganchga yetadi. Qaytish reysi esa Urganchdan soat 15:30 da yo‘lga chiqib, 18:50 da Nukusga yetib boradi.

Yo‘lovchilar aytishicha, poyezd ichki turizmda katta ahamiyat kasb etmoqda — bu yo‘nalish orqali har kuni yuzlab odamlar ikki viloyat orasida safar qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nukus – Urganch poyezd chiptalari narxi ikki baravar oshiriladi