
Hozirgi kunda Venesuela dunyo nigohini o‘ziga qaratib turibdi. Qo‘shhokimiyat o‘rnatilgan bu davlatning har ikki prezidenti o‘zining tarafdorlariga ega. Ammo bu talato‘pning aniq sabablari bor.
Bir qarashda Venesuela dunyoning eng badavlat davlatlaridan biri bo‘lishi kerak. Ajoyib tabiat, qulay geografik joylashuv va eng muhimi o‘ta katta miqdordagi (Rossiyaga nisbatan to‘rt barobar ko‘p) neft zaxiralari. Ammo, shunga qaramay, bu davlatda inflyatsiyaning yillik ko‘rsatkichi 2 mln barobarga, ishsizlik va tashqi qarzlar miqdori davlat iqtisodiga nisbatan nomutanosib darajaga yetgani, ko‘plab shaharlarda, xususan poytaxt Karakasda jinoyatchilik, ayniqsa qotillik dunyo bo‘yicha birinchilikka chiqib ketgani rad etib bo‘lmas haqiqatdir.
Eng zarur mahsulotlar tanqisligi kuzatilayotgan Venesuelada ochlik, boshboshdoqlik va tartibsizliklar iziga tushishi borgan sari qiyinlashmoqda, mitinglar mitinglarga ulanmoqda.
OAVda biri-biridan qiziq ma’lumotlarga duch kelish mumkin. Jumladan, bu mamlakat harbiy rahbariyati eng faol askarlarni rag‘batlantirishning o‘ziga xos usulini qo‘llagan – bunday harbiylarga hojatxona qog‘ozi mukofot sifatida berilgan.
Es acaso un "logro" de Maduro y Padrino entrega a nuestros soldados de artículos higiene personal y además mostrarlo?No respetan la FANB! pic.twitter.com/ham5Zv4n9j
— Henrique Capriles R. (@hcapriles) July 22, 2017
To‘g‘rida, qahatchilik paytida bu ham bir mukofot.
Darvoqe, Venesuela milliy valyutasi – Bolivarning aksariyat banknotalari qiymati ular chop etilgan qog‘ozning bahosicha ham emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar